Dasturlashga doir misollar.
Chiziqli algoritmlarning dastur shaklida yozilishi chiziqli dastur deb ataladi. Demak, chiziqli dasturdagi amallarni bajarishda hech qanday shart tekshirilmaydi.
1 – misol.
Radiusi R bo‘lgan aylananing uzunligini hisoblash dasturi tuzilsin va R=9 birlik qiymat uchun bajarilsin.
Yechish: Aylananing uzunligini hisoblash formulasini esga olamiz: L=2πR. Paskalda u
S := 2*pi*R;
ko‘rinishga yoziladi. Dasturda ikkita o‘zgaruvchi qatnashadi: R va L. Masala shartiga ko‘ra R=9, ya’ni butun son. Shu sababli R o‘zgaruvchi turini Integer deb olamiz. Aylananing uzunligi L esa ko‘paytmada π qatnashgani uchun, albatta haqiqiy (Real) turli bo‘ladi. Aytilganlarni hisobga olib quyidagi dasturni tuzamiz:
Program aylana_uzunligi;
Var r:Integer;
l:Real;
Begin
r := 9;
l := 2*pi*R;
WriteLn(‘L=‘,l,‘birlik.‘);
End.
Dastur ishga tushirilgach (Ctrl+F9 klavishalar juftligi bosiladi), ekranda quyidagi natija hosil bo‘ladi (natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishalar juftligi bosiladi):
L= 5.6548667765E+01 birlik.
Dasturda L – real turli bo‘lgani uchun natija eksponensial ko‘rinishda chiqadi. Demak, radiusi 9 birlik bo‘lgan aylananing uzunligi taxminan 56,55 birlikka teng ekan.
2 – misol.
Quyida berilgan shakllarning shtrixlangan sohalarini yuzalarini hisoblash dasturini tuzing.
Yechish:
Program shtrix_yuzalar;
var
a,b,r, R : integer;
s1, s2, s3, s4: real;
sht1, sht2, sht3, sht4: real;
begin
write(‘ to`rtburchak tomonini kiriting a=’); Readln(a);
write(‘ to`rtburchak tomonini kiriting b=’); Readln(b);
write(‘ 1- aylana radiusini kiriting r=’); Readln(r);
write(‘ 2- aylana radiusini kiriting R1=’); Readln(R1);
s1:= a*b; writeln(s1=’, s1);
s2:= 2* pi *r; writeln(s2=’, s2);
s3:= a^2; writeln(s3=’, s3);
s4:= 2*pi*R1; writeln(s4=’, s4);
sht1:= s1-s2; writeln( ‘sht1=’, sht1); sht2:= s3-s2; writeln( ‘sht2=’, sht2);
sht3:= s4-s2; writeln( ‘sht3=’, sht3);
readln;
end.
Read more…
Posted on April 7, 2011 by Gulshoda Irgasheva
Filed under: Dasturlash | No Comments »